DIQQAT BILAN TANISHIB CHIQISHINGIZNI SO'RAYMIZ!!!
Eskiz IT Company hamkorligingiz uchun sizga hurmat va minnatdorchilik bildiradi.
Kompaniyamizga Perfectum uyali aloqa operatoridan 10.03.2026 yildagi №274-04-41/1166 va Beeline uyali aloqa operatoridan 16.07.2026 yildagi 01576/26-И barcha kontent-provayderlarga tegishli sonli xatlar kelib tushdi. Unda Perfectum va Beeline abonentlariga SMS xabar yuborish xizmati bo‘yicha tarifga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida ma‘lumot berilgan. Hammaga ma‘lumki, SMS-xabarlar uyali aloqa operatorlar tomonidan yuboriladi va SMS-xabar yuborish xizmatimizning tan narxi butunlay uyali aloqa operatorlari tomonidan belgilangan narxlarga bog'liq va o‘sha narx asosida shakllantiriladi, shu bilan birga, afsus bilan aytishimiz kerakki, bu holatga biz hech qanday ta‘sir o'tkaza olmaymiz.
Shu munosabat bilan, Perfectum va Beeline operatorida SMS-xabar yuborish xizmatining narxi o‘zgartirilishi haqida xabar beramiz.
2026-yil 1 – avgustdan boshlab Perfectum va Beeline abonentlariga:
- Servis turdagi:
Perfectum - 110 sum
Beeline - 160 sum - Reklama turdagi:
Perfectum - 110 sum
Beeline - 350 sum
Boshqa uyali aloqa operatorlarida SMS xabarlarni yuborish narxi o‘zgarishsiz qolmoqda.
SMS-xabarlarni yuborilayotganda qilinadigan hisob-kitob billingda to'g'ri ko'rsatilishi uchun, narx o'zgarishi 01.08.26y, soat 00:00 dan boshlab kuchga kiradi.
Siz bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni umid qilgan holda,
Hurmat bilan, Eskiz IT Company jamoasi.