Ekspress saytlar

4 KUN IChIDA SAYTNI IShGA TUShIRISh! YaGONA TO'LOV - 850.000 so'm

  • Texnik vazifani tayyorlab o‘tirishga hojat yo‘q
  • Qulay va tez ishlaydigan mobil versiya
  • Zamonaviy va chiroyli dizayn
  • Cheklanmagan miqdordagi sahifalar
  • Maxsus bilimlar talab qilinmaydi
  • Yil davomida bepul texnik ko‘mak ko‘rsatiladi

Ekspress saytlar

Istalgan rasm, matn, ranglar va menyu bo‘limlari saytingiz yo‘nalishiga qarab o’zgartirilishi mumkin

850.000 so'm
Xizmatlar
850.000 so'm
Biznes
850.000 so'm
Yuridik xizmatlar
850.000 so'm
Sport
850.000 so'm
Sport

Qo'shimcha xizmatlar

Xizmat nomi Xususiyati Muddati Qiymati
1 Rus tilida mualliflik matnini yozish 1000 simvol 3 kun 200.000 so'm
2 Oʻzbek tilida mualliflik matnini yozish 1000 simvol 3 kun 200.000 so'm
3 Buyurtmachi mahsulotlarini sayt uchun suratga olib berish to'liq ish 1 kun 300.000 so'm

O’ZBEKISTONDA SAYTLARNI YARATISH – HAMYONBOP QAROR

Bizning kompaniya O'zbekistonda saytlarni professional ravishda yaratib berish bilan 2008 yildan beri shug‘ullanib keladi. Biz har qanday murakkablik va qiymatdagi saytlarni yaratamiz: xoh u ko‘p funksiyali internet xizmat, “tashrif qog‘ozlar” (promo saytlar), tematik internet portal, yirik katalog, internet do‘kon bo‘lsin, xoh har qanday kompaniya uchun oddiy, chiroyli kamxarajat, ammo o‘ziga tortadigan sayt bo‘lsin.

Budjetingiz kichikrog‘u, lekin sizga o‘z biznesingiz yoki mahsulotingiz haqida to‘laqonli ravishda so‘zlab bera oladigan sifatli va chiroyli sayt kerakmi?. Demak ekspress sayt — siz uchun ayni muddao. O‘zbekistonda sayt yaratish rivojlangan davlatlardagidek keng tarqalgan emas, chunki odamlar hali ham saytlar qimmat turadi va ularni ishga tushirish qiyin deb o‘ylaydi.Hammasi oddiy: siz bizga murojaat qilasiz, bo‘lajak loyihaning variantini tanlaysiz va to‘rt kun o‘tgach sizning saytingiz to‘lig‘icha tayyor bo‘ladi.

  • Ofisga kelib, katta kolleksiyamiz ichidan o‘zingizga to‘g‘ri keladigan tayyor saytni tanlaysiz.
  • Sayt tuzilishi: bloklar, bo‘limlar va ranglar gammasini ma’qullaysiz.
  • Bo‘lajak sayt uchun domen nomini tanlaysiz
  • O‘zingizga qulay bo‘lgan usul bilan to‘lovni amalga oshirasiz.
  • Veb sahifalarni to‘ldirish uchun ma’lumotni (kontent) taqdim etasiz.
  • To‘rt kundan keyin, qarabsizki, sayt tayyor-da.

Oʻzbekistonda internet doimiy ravishda ommalashayotgani sabab, koʻplab kompaniyalar va hatto oddiy jismoniy shaxslarda ham oʻz veb saytiga ega boʻlish ehtiyoji paydo boʻlayapti. Bu degani Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes oʻsayapti va ularga sotish va odamlar bilan muloqot qilishning yangi kanallari kerak. Agar hali ham kompaniyangizga veb sayt kerakligi yoki kerakmasligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, saytga zarurat boʻlishining bir nechta asosiy sabablarini sanab oʻtamiz:

  1. Kommunikatsiya. Veb-sayt – bu mohiyatan boʻlajak mijozlaringiz va hamkorlaringizning, siz va kompaniyangiz bilan muloqot qilishi uchun qoʻshimcha vositadir.

  2. Axborot. Siz bilan bogʻlanish imkoniyatidan tashqari saytga tashrif buyuruvchilar sizning faoliyatingiz va tovarlaringiz haqida axborotni matnli, tasvirli va video formatida olishi imkoni bor boʻladi. Mijozlarning umumiy maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun qoʻngʻiroq qilib oʻtirishiga hojat qolmaydi.

  3. Sotuvlar. Agar siz chakana savdo bilan shugʻullansangiz, veb-sayt sizga albatta kerak boʻladi. Bu kengayish imkoniyati cheksiz boʻlgan juda qulay va serdaromad savdo maydonchasidir.

  4. Marketing. Navbatdagi reklama kompaniyasini ishga tushirayotib, oʻz saytingiz manzilini koʻrsatishni, shuningdek oʻz sahifangizda aksiya haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni unutmang.

  5. Imidj. Oʻzbekistonda raqobatchilar orasida oʻz saytiga ega boʻlish obroʻlidir. Internet orqali raqobatchingizning mijozlarining bir qismini oʻzingizga qaratib olishingiz mumkin. Yana oʻz sahifangizga ega boʻlish, sizning ancha ildamlab ketganingizdan dalolat beradi.

Oʻzbekistonda sayt yaratish qancha turadi?

Qurilish bilan shugʻullanadigan kompaniyadan uyni qurish qanchaga aylanayotganini soʻrasangiz, darrov oʻzingizdan soʻrab ketishadi: Uyning maydoni qanchalik boʻladi? Necha qavatli boʻladi? Qurishda qanday materialdan foydalanish kerak? va hokazo. Shularning barchasi hisobga olinib, uyning narxi kelib chiqadi. Saytlar yaratilishi ham huddi shunday. Avvalo sizga sayt qaysi maqsadlar uchun kerakligini, u sizningcha qanday koʻrinishga ega boʻlishi kerakligini aniqlab olishingiz zarur. Saytning narxi hamma tafsilotlar gaplashib olingach, aytiladi. Qolaversa, kompaniyamiz saytlarni yaratish boʻyicha tayyor yechimlarni ham taqdim etadi va ular Ekspress sayt deb nomlanadi. Yaʼni 4 kun ichida va atigi 750 ming soʻmga oʻzingizning toʻlaqonli veb-saytingizni ishga tushirishingiz mumkin boʻladi. Kolleksiya bilan saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin.

Qancha vaqtda saytni yaratib, ishga tushira olasiz?

Har bir loyiha oʻziga xos. Shu sababdan buyurtmani bajarish muddatlari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, Ekspress saytlarni biz 4 kunda ishga tushirishimiz mumkin, lekin eksklyuziv saytlarni yaratish esa 3 xaftadan boshlanishi mumkin. Batafsil misollar bilan sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Saytga kontentni qanday tayyorlashim lozim?

Sizdan saytga joylashtirish uchun maʼlumot tayyorlab, bizga elektron shaklda yuborishingiz talab qilinadi. Agar sizda kontent yaratish boʻyicha tajriba boʻlmasa, bizning kopirayterlarimiz Sizga saytingizni foydali axborot bilan bexato toʻldirishga koʻmaklashib, tovar va xizmatingiz bozorini chaqqon qiladigan sifatli matnlar yozib berishadi.

Mening veb-saytim mobil qurilmada qanday koʻrinadi?

Mutaxassislarimiz brauzer oynasi shaklini oʻziga oluvchi moslashuvchan dizayn yaratib beradi. Shu tufayli sahifalar har qanday qurilmada ham aʼlo koʻrinishga ega boʻladi.

Bizning saytimizning nomi oldidan sizga (kompaniyangizga) tegishli domen turadimi?

Yoʻq, hech qanday qoʻshimcha domen boʻlmaydi. Manzilingiz quyidagicha boʻladi: www.kompaniyangiz nomi.uz

Nega sizning kompaniyangizda sayt ishlab chiqish bepul konstruktorlardan foydalangandan koʻra manfaatliroq?

Bepul veb-sayt konstruktorlari koʻplab topiladi. Keling, nima uchun ulardan foydalanmagan maʼqulligini koʻrib chiqamiz.

  • Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi.
    Mutlaqo bepul konstruktorlarning oʻzi yoʻq. Bu onlayn xizmatlarni yaratgan kompaniyalar qanday qilib ulardan pul qilish yoʻllarini ham oʻylab qoʻygan. Odatda Google va Yandex qidiruv tizimlarida saytingizni roʻyxatdan oʻtkazish (mijoz sahifangizni qidirishga berganida topa olishi uchun) yoki saytingiz manzilidan foydalanishi yoxud jonga tegadigan reklamalardan qutulish uchun pullik obuna sotib olishingizga toʻgʻri keladi.
  • Saytni rivojlantirish imkoniyatlari kam.
    Konstruktorlar, koʻpincha, internet resursingizni rivojlantirish, uning funksionalini toʻldirish va shu kabilar uchun juda kam imkoniyatlar taqdim etadi. Bizning ekspress saytlarimiz funksionalni kengaytirish uchun katta imkoniyat beradi, bu esa oʻz navbatida saytni rivojlantirish, uni takomillashtirib, SEO optimalligini oshirishga keng yoʻl ochadi.
  • «Oʻzingiz yasab oling»
    Konstruktorlar sizga saytni oʻzingiz yasashingizni taklif qiladi. Lekin koʻpchilikning bu sohada tajriba va koʻnikmalari yoʻq boʻlgani uchun sifatli veb-loyihani yasash oʻta murakkab. Koʻpchilik soatlar-u kunlarni bekor ketgazib, oʻzi xohlagan mahsulotni yarata olmaydi-da, bizga murojaat qiladi.
  • Bepul texnik koʻmak koʻrsatmaydi.
    Bunday xizmatlar texnik koʻmakni pullik obuna evaziga koʻrsatadi yoki umuman koʻmak taqdim qilmaydi. Eskiz IT kompaniyasi oʻz saytini yaratmoqchi boʻlganlar uchun toʻliq xizmatlar kompleksini taklif etadi: ishlab chiqish, xizmat koʻrsatish va texnik koʻmak.

Barcha ekspress saytlar o'z ichiga oladi

Хостинг в Ташкенте

Ishonchli xosting

250 MB joy
Доменная почта в Ташкенте

Elektron pochta

5 pochta qutusi