SMS xabarnoma xizmati bo‘yicha muhim ma’lumotlar (Uzmobile & Beeline)
2024-01-24 00:00:00

SMS xabar yuborish xizmati bo‘yicha muhim xabar!

Eskiz IT Company hamkorligingiz uchun sizga hurmat va minnatdorchilik bildiradi.

Kompaniyamizga barcha kontent-provayderlarga tegishli, Uzmobile uyali aloqa operatoridan 2023-yil 23-noyabrdagi 47-04-35/3156-sonli xat va Beeline uyali aloqa operatoridan 2024-yil 24-yanvardagi 00271/24-4-sonli xat kelib tushganligini maʼlum qilamiz. Bizga kelgan xatda SMS-yuborish xizmatlaring narxi 2024 yil fevral oyidan boshlab 35% gacha oshirilishi ko‘zda tutilgan. Hammaga ma‘lumki, SMS-xabarlar uyali aloqa operatorlar tomonidan yuboriladi va SMS-xabar yuborish xizmatimizning tan narxi butunlay uyali aloqa operatorlari tomonidan belginangan narxlarga bog'liq va o‘sha narx asosida shakllantiriladi.

Shu munosabat bilan, 01.03.2024 dan SMS-xabar yuborish xizmatining narxi o‘zgartirilishi haqida xabar beramiz. Endilikda 1 dona SMS-xabar narxi 60 so'm etib belgilanadi. SMS-xabarlarni yuborilayotganda qilinadigan xisob-kitob billingda to'g'ri ko'rsatilishi uchun, narx o'zgarishi 01.03.24y, soat 00.00 dan boshlab kuchga kiradi.

Alohida taʼkidlab oʻtishimiz joizki, SMS-xabarlarni yuborish xizmatimiz ishga tushirilgandan (2019-yildan boshlab), to bugungi kungacha, mobil operatorlar tomonidan narxlar bir necha marta oshirilganiga qaramay, hamda boshqa kontent provayderlar oʻzligi tomonida SMS-xabarlarning narxini bir necha bor oshirishgan boʻlishsada, bizning kompaniya SMS -xabar narxini hali biron marta ham o‘zgartirmagan edi. So‘nggi daqiqalargacha 50 so‘m etib beligilan yagona narximizni ushlab turishga harakat qildik. Ammo, afsuski, uyali aloqa operatorlari tomonidan narxlar keskin 35 foizga oshirilganidan so‘ng, biz ham o‘z narximizni o‘zgartirishga majburmiz.

Narxlar o'zgarishiga qaramay, biznesingiz bundan ham ko‘proqga o‘sishi uchun, sizga har doimgiday yuqori sifatda xizmat ko'rsatishga va SMS shlyuzimizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz!

Siz bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni umid qilgan holda,

Hurmat bilan, Eskiz IT Company jamoasi.