Eskiz IT Сompany jamoasi biz bilan hamkorlikda bo'lganingizdan minnatdorchilik bildiradi!
Biz doimo sizlarga hizmatlarimizni a'lo darajada ko'rsatishga harakat qilamiz. Shu munosabat bilan, sizga mamnuniyat bilan xabar qilamizki biz sms shlyuzimizning yangi Eskiz SMS 2.0 platformasini yaratdik va 31.10.2023 da shu platform (tizim) ga o'tishni rejalashtirdik. Yangi tizim yangi funksiya va yanada keng imkoniyatlarni ochib beradi. 2023-yil 31-oktabr kuni SMS xizmati uchun dasturiy ta’minotni yangiladik.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, Eskiz SMS 2.0 SMS shlyuzining yangi tizimiga o'tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi va 01.11.2023 dan boshlab SMS shlyuzimiz yangi tizimda ishlamoqda! Shu oy davomida biz Eskiz SMS 2.0 SMS tizimining yangi funksiyalari va imkoniyatlari haqidagi yangiliklarni alohida e'lon qilib boramiz.
SMS shlyuzning yangi versiyasida ba'zi o'zgarishlar bo'lganligi sababli, ba'zi mijozlarda 2-3 kun davomida SMS shlyuzlarini ishlatishligi jarayonida qisqa uzilishlar bo'lishi mumkin, chunki har kim, turli xil tizimni islatishi bilan bog'liq.
Bizning sms hizmatlardan foydalanuchi barja mijozlarni, o'zining SMS shlyuzi orqali SMS xabarlarni yuborishini sinab ko'rishlarini, ya'ni tekshirishib ko'rishlarini so'rab qolamiz. Agar siz SMS-xabarlarni jo‘natishda muammoga duch kelsangiz yoki SMS shlyuz orqali sms lar umuman ishlamayotgan/yuborilmayotgan taqdirda, darhol telegram @eskizhelp orqali bizga xabar berishingizni so'raymiz.
Mutaxassislarimiz sizning arizangizni imkon qadar tezroq ko'rib chiqishga harakat qiladi va yuzaga kelgan holatni bartaraf etishga yordam beradi.