Barchaga assalom alaykum !
Biz siz bilan bo‘lgan hamkorlikni yanada tezkor, qulay va shaffof qilishga intilamiz.
Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, endi Eskiz IT Companyga barcha murojaatlar faqat Telegram-bot orqali qabul qilinadi: @eskizhelpbot
Ushbu bot — murojaatlarni qayta ishlash uchun yagona markaz bo‘lib, unda:
• barcha murojaatlar avtomatik ravishda tizimda qayd etiladi
• so‘rovlar darhol mas’ul mutaxassislarga yo‘naltiriladi
• javob berish va muammolarni hal qilish vaqti sezilarli darajada tezlashadi
Shuningdek, alohida ta’kidlashni istaymizki, avvalgi barcha yozishmalar to‘liq saqlangan va yangi tizimga (yangi chatga) muvaffaqiyatli migratsiya qilingan.
Iltimos, endilikda barcha savol va murojaatlaringizni faqat ushbu bot orqali yuboring.
Sizga bo‘lgan ishonchingiz va hamkorligingiz uchun rahmat!