Ro‘yxatdan o‘tkazuvchini almashtirish

Domenni 3 ta oson bosqich bilan bizga o'tkazish

O‘zbekistonda domen registratorini qanday qilib almashtirish mumkin?

Agarda sizning domeningiz boshqa uz domen registratorida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo siz xostingni bizda buyurtma qilayotgan bo‘lsangiz, ehtimol siz uchun domen va virtual xostingga birvarakayiga toʻlov qilish qulayroq boʻladi. Shu va boshqa holatlarda biz sizga oson, yengil va mutlaqo bepul yo‘l bilan domenni o‘zimizga o‘tkazishni taklif qilamiz. Domen uzilishlarsiz, bir soniyaga ham ishini to‘xtatmagan holda o‘tkaziladi.

Domen o‘tkazmasi oson qadamlar bilan amalga oshiriladi.

BIRINCHI QADAM

Oʻtkaziladigan domen aynan sizning yoki tashkilotingiz nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganiga ishonch hosil qilish

IKKINCHI QADAM

Hozirda sizning domeningiz joylashgan avvalgi registrator elektron pochtasiga quyidagi namuna boʻyicha xat yoʻllash:/p>

Xat mavzusi: Shu «Domen nomi» ni boshqa registrator tasarrufiga oʻtkazish

Xat matni: Sizdan shu «Domen nomi» ni rasmiy registrator ХК Best Internet Solution (Eskiz IT Company) kompaniyasi tasarrufiga oʻkazishingizni soʻrayman.

UCHINCHI QADAM

- Shaxsiy kabinetga kirish uchun https://my.eskiz.uz/sign-up orqali roʼyxatdan oʼtish. MUHIM: Siz avvalgi registrator tizimida qanday elektron pochta (Email) dan foydalangan bo'lsangiz, bizdan ro'yxatdan o'tish jarayonida ham, aynan o'sha elektron pochta ni ko'rsatishingiz lozim.

- Shaxsiy kabinet: https://my.eskiz.uz/support da Tiket ochish va u orqali murojat yo‘llash.

Хат mavzusi: Shu «Domen nomi» ni oʻz tasarrufingizga qabul qilib olishingizni soʻrayman

Xat matni: Shu «Domen nomi» ni «Avvalgi registrator nomi» dan kompaniyangiz tasarrufiga qabul qilib olishingizni soʻrayman.

MUHIM:

- Avvalgi domen registratori xatni qabul qilib olgandan soʻng, ikki ish kuni davomida domenni oʻz tasarrufidan chiqarib yuborishi darkor.

- Agarda siz oʻz domeningiz uchun avvaldan bir necha yil oldinga pul toʻlab qoʻygan boʻlsangiz, domen muddati tugagunga qadar, qaytadan pul to'lab yurmaysiz.