Domenlarni tanlash bo‘yicha aniq qoidalar yo‘q. Siz har qanday bo‘sh nomni tanlab, uz domenini sotib olishni erkin hal qilasiz, lekin u nom siz uni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan mamlakatda qonunchilikka zid kelmasligi kerak. Uzun bo‘lmagan va oson eslab qolinadigan nomlar odatda tanlash uchun eng ma’kuli hisoblanadi.
Misol tariqasida tasavvur qilamiz buyurtmaga tortlar pishiradigan korxona bor va u “X.K. Shoxjahonov Sh. Shirinliklari” nomi bilan ro‘yxatga olingan. Tabiiyki, uz domenini shoxjahonov-sh-shirinliklari.uz ko‘rinishila ro‘yxatdan o‘tkazish –ochiq-oydin xato. Bu sayt uchun to‘g‘ri kelmaydigan manzil, chunki kupchilik uni eslab qola olmaydi, eslab qolgan taqdirda ham, katta ehtimol bilan, uni terayotganda paytiida xato qiladi. tortlar.uz varianti albatta ayni muddao bo‘lardi. Biroq ko‘p hollarda barcha keng tarqalgan so‘z va so‘z birikmalari kimdir tomonidan band qilingan bo‘ladi (nomning band qilinmaganligini bizning saytda yoki whois uz xizmati orqali tekshirish mumkin). Mana shu yerda esa oldimizda ikkita yo‘l qoladi: butun fantaziyamizni ishga solib, bundan-da esda qolarli va oson nomni o‘yab topish yoki band qilib bo‘lingan nomni egasi bilan kelishib sotib olish.
uz domenini tanlashda puxta o‘ylash kerak. Domeningiz nafaqat eslab qolish uchun, balki yozish va aytish uchun oson bo‘lishi kerak. Tovushlar bilan bog‘liq chalkashliklar (masalan inglizcha V va W yoki o‘zbekcha H va X) bo‘lmagani ma’qul, harflar bilan raqamlar yoki chiziqchani birga ishlatsa bo‘ladi (lekin, yana shuni aytish kerak, muhimi oshirib yubormaslik). Yaxshi nom sizning kompaniyangiz faoliyatini aks ettiradi va, misol uchun, deraza.uz derazalar sotadigan firmaning sayti ekani darrov ayon bo‘ladi. Lekin eng asosiysi — yodda tuting: domen nomi odatda bir marta o‘ylab topiladi va o‘zgartirilmaydi. Agar bir yildan keyin tanlovda adashganingizni tushunib qolsangizu, foydalanuvchilarni xabardor qilmay sayt manzilini almashtirib qo‘ysangiz, ular eski manzil bo‘yicha sizning saytingizga o‘ta olmay qoladilar. Agar o‘z savdo belgingiz bo‘lsa, unda domenni o‘sha nom bilan (akfa.uz kabi masalan) ro‘yxatdan o‘tkazing.
Yana siz tanlagan nom bilan bir xil aytiladigan (masalan, xokkey.uz, hokkey.uz va hockey.uz) yoki xato terilishi ehtimoli bo‘lgan domenlarni (masalan, temur.uz va timur.uz) uz zonasidagi boshqa domenlar birdaniga ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yish tavsiya etiladi. Ularning barchasini o‘zingizning asosiy saytingizga yo‘naltirib qo‘ying. Bu ishni foydalanuvchilar manzilni noto‘g‘ri tergan taqdirda ham sizning saytingizga kirib qolishi, shuningdek, g‘arazgo‘y insonlar bitta xato bilan farq qiladigan boshqa nom bilan saytingizning ko‘chirmasini qilib olib, u manzilga tasodifan kirib qoladigan foydalanuvchilarni o‘zlariga jalb qilib ololmasliklari uchun kerak.
Biz barcha masalada oddiylik va innovatsiyalarni qadrlaymiz. Shuning uchun «uz» zonasining rasmiy domen registratori sifatida biz Shaxsiy kabinet ishlab chiqdik. Uning internetdan foydalanishni qoyillatadiganlardan tortib, bu masalada hali tajribasizroq bo‘lganlargacha — hammaga birdek tushunarli va qulay bo‘lishiga intildik. Saytlaringiz va domenlaringizni boshqarish iloji boricha oson tushunib ketiladigan va sodda bo‘lishiga harakat qildik.
Qolaversa, boshqa registratorlardan farqli ravishda bizning foydalanuvchilarimiz O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan — masofadan turib domenlarni onlayn registratsiya qilishi mumkin. Ro‘yxatga oluvchi kompaniyaning ofisiga hujjatlar tashib yurishning endi hojati yo‘q, barchasini onlayn yo‘llash mumkin.