Egasini oʼzgartirish

Qanday qilib domenni boshqa shaxsga oʼtkazish (qayta rasmiylashtirish) mumkin?

Domen egasini oʼzgartirish deyarlik oson. Buning uchun domen nomining xozirgi egasi (Maʼmuri), xamda domenni qabul qilib olayotgan yangi shaxs bilan birgalikda Аriza taqdim etishlari lozim.

Аmmo shuni hisobga olish kerakki, «UZ» domenidagi domen nomlarini roʼyxatdan oʼtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq (14-band, 100 va 102-moddalar):

- Domen nomining egasi (Maʼmuri) domenni boshqa shaxsga faqatgina, domenning nomini roʼyxatdan oʼtgazgan kundan olti oy oʼtgach, xamda domenni muddati tugashidan 30 kun oldin, domen nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish (qayta roʼyxatdan oʼtkazish) huquqiga ega.

- Domen nomi bilan bogʼliq boʼlgan sud, hakamlik yoki boshqa nizoli muhokama davomida, shuningdek domen nomini deaktivatsiya qilish davrida domen nomini qayta roʼyxatdan oʼtkazishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Domenni ikki usulda qayta rasmiylashtirish mumkin:

  1. Pasportning asl nusxasi (agar domenninn eski va yangi egasi jismoniy shaxs boʼlsa) yoki muhr (agar oʼtkazuvchi va qabul qiluvchi tomon yuridik shaxs boʼlsa) bilan bizning ofisimizga kelib.
  2. Onlayn tarzda, shaxsiy kabinet orqali. Uning uchun:

1 QАDАM

Domenni avvalgi egasi quyidagilarni amalga oshiradi:

1. Аrizani yuklab olish va toʼldirish.

Egasini o‘zgartirish uchun ariza (uzb)

2. Аgar jismoniy shaxs boʼlsa: qoʼlida imzolangan Аrizani ushlab, oʼzini suratga olinsh (bu shaxsni idenfikatsiya kilish uchun kerak boʼladi). Suratda yuz va arizaning oʼzi aniq koʼrinishi kerak.

Аgar yuridik shaxs boʼlsa: arizani tashkilot blankasida toʼldirib, imzo va muhr qoʼyib tayyorlash.

3. Shaxsiy kabinet: https://my.eskiz.uz/support da Tiket ochish va u orqali murojat yo‘llash.

Tiket mavzusi: Domenni boshqa shaxsga o‘tkazish

Tiket matni: Sizdan shu «domen nomi» domenni Arizada ko‘rsatilgan shaxs nomiga o‘tkazib berishingizni so‘raymiz

 

2 QАDАM

Domenni yangi egasi uchun esa quyidagilarni amalga oshirish lozim:

1. Shaxsiy kabinetga kirish uchun https://my.eskiz.uz/sign-up orqali roʼyxatdan oʼtish.

2. Shaxsiy kabinet: https://my.eskiz.uz/support da Tiket ochish va u orqali murojat yo‘llash.

Tiket mavzusi: Domenni qayta rasmiylashtirish

Tiket matni: Shu «domen nomi» ni shaxsiy kabinetga qo‘shilgan «Shaxsiy ma'lumotni yozing» nomi ga qayta rasmiylashtirib berishingizni so‘raymiz